ShedevR
Assalomu alaykum, Mehmon! 03:34
Real Madridning yozdagi o'yinlar ro'yxati
. Qo‘shdi: CR7
. 24.05.2019, 15:08 – . 177

.
"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yozgi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tadigan joyini o'zgartirishga qaror qildi.

Yangi rejaga ko'ra, "Madrid" dastlabki yig'inni AQShda emas, Kanadaning Monreal shahrida o'tkazadi."Qirollik klubi" 2016 yilning yozida aynan ushbu shaharda tayyorgarlikni boshlab, mavsum so'ngida Ispaniya chempionligi va Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritgan edi. Frantsiyalik mutaxassis Monrealning ob-havosi tayyorgarlik uchun a'lo darajada deb hisoblamoqda."Real" 2017 yilgi yozgi tayyorgarlikni AQShning Los-Anjeles shahrida boshlagan edi. O'shanda klub EChLda g'olib chiqqan bo'lsa-da, La ligada muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Klub Madriddagi o'z bazasida yig'iladi, u erda 3-4 kunlik mashg'ulotdan keyin futbolchilar Kanada yo'l olishadi. Jamoa 8 kun davomida Monrealda shug'ullanib, so'ngra AQShga yo'l oladi. "Qirollik klubi" u erda 3ta nazorat uchrashuvini o'tkazadi: «Bavariya», «Arsenal» va «Atletiko»ga qarshi. Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o'tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to'qnash kelsa, oradan 1 kun o'tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o'rin uchun o'yin kutib turibdi."Qaymoqranglilar" 1 avgust kuni Madridga qaytib, mavsumning boshlanishiga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Yangi mavsumga qadar klub yana bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan.

«Real»ning mavsumoldi o'yinlari ro'yxati:
12 iyul — Monrealda o'quv-mashg'ulot yig'ini;
21 iyul — «Bavariya»ga qarshi o'yin (Xyuston);
24 iyul — «Arsenal»ga qarshi o'yin (Merilend);
27 iyul — «Atletiko»ga qarshi o'yin (Nyu-Jersi);
30 iyul — «Tottenxem»ga qarshi o'yin (Audio Cup, Myunxen);
31 iyul — final yoki 3-o'rin uchun o'yin (Audio Cup, Myunxen);
1 avgust — Madridga qaytish
Fikrlar
Fikr bildirish uchun saytimizdan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Umumiy: 3
Ronaldo haqida faktlar
UzMasterS.Ruuzstat.netuzfor.uzUZBEK.TOPxstat.su