ShedevR
Assalomu alaykum, Mehmon! 03:23
O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasida tezkor yig'ilish o'tkazildi

O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining majlislar zalida tashkilotning ishini rivojlantirish va undagi kamchiliklarni bartaraf etish mavzusida tezkor yig'ilish o'tkazildi. Unda assotsiatsiyaning hududiy bo'limlari rahbarlari, bosh murabbiy, bosh hakam va ma'muriy-boshqaruv xodimlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda assotsiatsiya raisi xududiy bo'lim rahbarlari bilan tanishib, ularning talab va takliflarini tingladi. Albatta, bugungi kunda bo'limlarda ish darajasi qoniqarli, deb bo'lmaydi. Tezkorlik bilan yangri reja asosida ish olib borish kerakligi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, murabbiylar faoliyatini yaxshilash, yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlab, ularni to'liq o'rganib chiqish kerakligi ta'kidlab o'tildi.

Sportchilarning belbog'lar tasnifi uchun yig'iladigan badal pullarini qonuniy tarzda hududiy federatsiyalar ixtiyorida qoldirish, viloyatlarda etishmayotgan jihozlarni aniqlab chiqish, Olimpiya o'yinlari vazn toifasi bo'yicha saralovchi turnir ish rejasini tayyorlash, viloyatlardagi iqtidorli sportchilar ro'yxatini tuzish, shuningdek, xalqaro hakamlik toifalariga ega referilar sonini oshirish va ularning xalqaro seminarlardagi ishtiroklarini ta'minlash eng dolzarb masalalardan ekanligi qayd etildi. Ushbu yig'ilishda belgilangan barcha ishlar yuzasidan to'liq nazorat assotsiatsiya rahbari zimmasida qoldirildi.

Ronaldo haqida faktlar
UzMasterS.Ruuzstat.netuzfor.uzUZBEK.TOPxstat.su