ShedevR
Assalomu alaykum, Mehmon! 03:28
Rasman! Deyan Jurjevich “Navbahor” bosh murabbiyi!

Avvalroq, serbiyalik mutaxassiya Deyan Jurjevich Namanganga kelganligi va murabbiy sifatida tanishtirilishi to'g'risida xabar bergan edik.

Yangi murabbiyning taqdimot marosimi avvalida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti X.Bozarov so'zga chiqib yig'ilganlarga yangi bosh murabbiy serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichni yig'ilganlarga tanishtirdi.

Deyan Jurjevich so'z olib, jamoaga taklif etishgani uchun minnatdorchilik bildirib, o'z a'nanalariga ega klubda ish boshlaganidan xursandligini bildirdi. Jurjevich O'zbekistondagi faoliyati davomida Namanganda bo'lganligini va muxlislar bilan to'la o'yingohda o'yin ko'rsatish qiyin kechganligini aytib o'tdi.

Jamoa sardori Jahongir Mehmonov va rossiyalik himoyachi Igor Golbanlar ham so'zga chiqib, viloyat va klub rahbarlari tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib, muxlislarni hursand qilish uchun bor kuch va mahoratlarini namoyish etishlarini bildirishdi. Jurjevichga xush kelibsiz deya iliq fikrlarni bildirishdi.

Taqdimot marosimi so'nggida  Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov va jamoa bosh murabbiyi Deyan Jurjevichlar jamoa futbolchilari bilan suhbat o'tkazishdi. Shu tariqa taqdimot marosimi yakuniga etkazildi.

Ronaldo haqida faktlar
UzMasterS.Ruuzstat.netuzfor.uzUZBEK.TOPxstat.su